Koronavirus: O‘zbekistonda kasallanganlar soni 65 200 nafarga yetdi

Tun davomida eng ko‘p COVID-19 bilan kasallanish Namangan viloyati va Toshkent shahrida qayd etilgan. O‘lim holati kuzatilmagan.
Sputnik

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 98 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 65 200 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 13 nafari Andijon viloyatida, 9 nafari Jizzax viloyatida, 5 nafari Navoiy viloyatida, 10 nafari Qashqadaryo viloyatida, 19 nafari Namangan viloyatida, 13 nafari Sirdaryo viloyatida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 17 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 62 342 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga yetgan.

O‘lim holati kuzatilmagan. Jami qurbonlar soni 545 nafarligicha qolmoqda.

Hozirda mamlakatda 2 311 nafar bemor davolanmoqda.