O‘qituvchilarning oylik maoshi 10 milliongacha oshiriladi - Shermatov

Xalq ta’limi vazirining ta’kidlashicha, sinf rahbarlarining oylik maoshlari 1,5 baravarga oshiriladi. 2024-yilga qadar esa yuqori natijalarga erishgan pedagoglarning oylik maoshi 15 baravargacha oshiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Xalq ta’limi vaziri Sherzot Shermatovning ma’lum qilishicha, sinf rahbarligi uchun to‘lovlar 1,5 baravarga oshiriladi. Bu haqda vazir 24-oktabr kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

O‘zbekiston energetika sohasiga eng ilg‘or tajribalar joriy etiladi - Alisher Sultonov

Qayd etilishicha, yaqin kunlarda mamlakatdagi ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantirish masalasida O‘zbekiston prezidenti Farmoni loyihasi qabul qilinadi. Unga ko‘ra,  metodistlarning ish haqi miqdori oliy toifali o‘qituvchining bazaviy ta’rif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

2024 yilga qadar esa yuqori natijalarga erishgan pedagoglar oylik maoshi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 15 baravarigacha bosqichma-bosqich oshirib boriladi.  

Bundan tashqari bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan umumta’lim muassasalarining rahbarlari rag‘batlantirilib, Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblarining o‘qituvchilariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy malaka toifasi beriladi.