TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Abu-Dabida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji yuzma-yuz uchrashdi.
Ular bugun, 24-oktabr kuni yengil vaznda chempionlik unvoni uchun kuch sinashadi.
Sportchilar an’anaviy ravishda yuzma-yuz uchrashishdi, ularga UFC promoushen rahbari Dana Uayt hamrohlik qildi.
Jangchilar bir-biriga nisbatan hurmat namoyon qilishdi va oxirida qo‘l berib ko‘rishdilar.
Nurmagomedov aralash yakkakurash yo‘nalishidagi karyerasida 28 jang o‘tkazdi, ularning barchasida g‘alaba qozondi.
Getji esa 22 ta jangda g‘alaba qozonib, 2 ta jangda mag‘lubiyat alamini tortdi.