Toshkent va Dushanbe orasida parvozlar yaqin orada boshlanadi

Toshkent va Dushanbe orasida parvozlar yaqin orada tiklanishi mumkin - ayni damda ikki davlat taaluqli muassasalari bu borada muzokaralar o‘tkazmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 23 okt - Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari Toshkent va Dushanbe orasida doimiy parvozlarni yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olishdi. Bu haqida Transport vazirligiga asosan Sputnik muxbiri xabar bermoqda.  

"Hozircha parvozlar boshlanish aniq sanasi hamda ikki poytaxt orasida qatnovlar soni ma’lum emas. Ayni damda ushbu masala muhokama qilinmoqda", - deyilgan rasmiy xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent va Dushanbe orasida parvozlar pandemiya tufayli 16-mart kuni bekor qilingan edi. 1-oktabrdan boshlab O‘zbekiston chegaralari orqali barcha transport turlarida kirishga ruxsat berildi. 

Uzbekistan Airways kompaniyasi talabiga binoan, parvozga faqat manfiy natijali PZR test topshirgan yo‘lovchilar qo‘yiladi. Test parvoz vaqtida 72 soatdan uzoq bo‘lmagan vaqt ichida topshirilgan bo‘lishi kerak.