Putin sobiq SSSR mamlakatlari ishiga aralashish kerakmasligi haqida ogohlantirdi

Sobiq ittifoq davlatlari bilan munosabatlarimiz qanday shakllanmasin, manfaatlar birligi baribir tosh bosadi, dedi Putin.
Sputnik

TOShKENT, 23 okt - Sputnik. Sobiq ittifoq hududidagi mamlakatlarda davlatchilik nihollariga o‘ta ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, maslahatlar va tavsiyalar bilan ular ishiga aralashmaslik kerak, turli tomonlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida takliflar va millionlarni tutqazib, o‘ta nozik joyda dag‘allik bilan harakat qilib, borini ham yo‘q qilmaslik kerak, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

SSSR saqlab qolinganda, bugun dunyo qanday bo‘lar edi – Gorbachov javobi

"Barcha sobiq ittifoq mamlakatlariga o‘ta e’tiborlilik bilan munosabatda bo‘lib, bu davlatchilik nihollarini o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llab-quvvatlamoq lozim, chetdan turib turli maslahatlar va tavsiyalar berish, mutlaqo mumkin emas, shuningdek, har qanday aralashuvdan tiyilish lozim. Chunki bu narsalar ushbu mamlakatlardagi endi rivojlanib kelayotgan, hali mo‘rt bo‘lgan institutlar, suverenitetlar va davlatchilikni barbod qiladi. Bu mamlakatlardagi odamlarga jamiyat ichidagi munosabatlarni ehtiyotkorlik bilan qurishlariga imkon berish lozim. Shunchaki misollar keltirish mumkin, biroq o‘z takliflaringiz, o‘z millionlaringiz bilan goh bir, goh ikkinchi tomonni, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida idish-tovoqlar do‘koniga kirib qolgan fildek tutish, ular ishiga aralashish kerak emas", - dedi u "Valday" munozaralar maydonida qilgan chiqishida.

Putin SSSR xalqlarining ommaviy yo‘q bo‘lishiga nima olib kelgan bo‘lishi mumkinligini aytdi

Sobiq ittifoq davlatlari bilan munosabatlarimiz qanday shakllanmasin, manfaatlar birligi baribir tosh bosadi, dedi Putin.

RF prezidentiga ko‘ra, chunki bu davlatlar shunchaki ko‘p yillar davomida yagona mamlakat doirasida yashagan emas, ular yuz yilliklar davomida umumiy davlat doirasida bo‘lishgan.

"Biz ulkan aloqalarga egamiz, iqtisoddagi kooperatsiyamiz o‘ta chuqur, gumanitar aloqalarimiz kuchli, bir hammamiz bitta tilda gaplashamiz... Mazmunan olganda, biz bitta madaniy maydon odamlarimiz, men tarix haqida gapirganim yo‘q hali - biz umumiy tarixga, natsizm ustidan umumiy g‘alabaga egamiz. Bizning ajdodlarimiz, otalarimiz, bobolarimiz o‘z qoni bilan alohida munosabatlarimizni mustahkamlashgan. Va bugun nimaiki ro‘y bermasin, siyosiy konyuktura qanday rivojlanmasin, ayni vaqtda shunga qat’iy ishonamanki - mana shu - manfaatlar umumiyligi barcha davlatlar bilan, ular bilan munosabatlarimiz qanchalik qiyin kechmasin, biroq baribir aloqalarimiz qaytadan taraqqiy etishiga yo‘l ochib beradi", - dedi Putin.