“Uzbekistan Airways” noyabr boshida Tokioga parvoz amalga oshiradi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi noyabr boshida Toshkent-Tokio-Toshkent yo‘nalishida parvoz amalga oshiradi.
Sputnik

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ 2020-yil 2-3-noyabr kunlari Toshkent-Tokio-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar amalga oshirilishi haqida ma’lum qildi.

Aviachiptalarni “Uzbekistan airways sales” filialidan, aviakompaniyaning saytidan, shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJning sotuvlar bo‘yicha agentlari ofislaridan sotib olish mumkin.