Tun davomida eng ko‘p koronavirus yana Namanganda aniqlandi

O‘zbekistonning 11 ta hududida yana 119 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Shulardan 23 nafari Namangan viloyatidan.
Sputnik

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 119 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 64 335 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 23 nafari Namangan viloyatida, 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 11 nafari Andijon viloyatida, 11 nafari Jizzax viloyatida, 7 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Navoiy viloyatida, 5 nafari Samarqand viloyatida, 15 nafari Sirdaryo viloyatida, 5 nafari Surxondaryo viloyatida, 15 nafari Farg‘ona viloyatida,

Tun davomida eng ko‘p COVID-19 Namanganda qayd etildi
14 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 538 kishini tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 61 423 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.