TOShKENT, 22 okt — Sputnik. “O‘zbekkino” MA Rossiyaning “Sputnik Vostok Prodakshn” kinokompaniyasi bilan “Solnse na vkus” filmini suratga olish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, agentlikda “Solnse na vkus” (“Quyosh ta’mi”) kinoloyihasi jamoasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar loyihani hamkorlikda amalga oshirish va “O‘zbekkino” tomonidan filmni suratga olishda ko‘rsatiladigan yordam bo‘yicha kelishib olindi.
Film oila davrasida tomosha qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sarguzasht-fantaziya janrida suratga olinadi. Uni 2021-yilning uchinchi choragida taqdim etish rejalashtirilgan.