O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 64 mingdan oshdi

Tun davomida yana 98 kishida koronavirus aniqlandi. Shulardan eng ko‘pi Namangan va Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan.
Sputnik

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 98 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Jami bemorlar soni 64 010 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 22 nafari Namangan viloyatida, 15 nafari Surxondaryo viloyatida, 12 nafari Qashqadaryo viloyatida, 11 nafari Sirdaryo viloyatida, 11 nafari Jizzax viloyatida, 8 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 6 nafari Samarqand viloyatida, 5 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 61 068 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2 408 nafar bemor davolanmoqda.