"Yo‘q qilish qiyin bo‘ladi": amerikaliklar Shimolda bunkerga qaytishmoqda

Olavsvern harbiy-dengiz bazasini 1960-yillarda barpo etishgan. NATOning eng himoyalangan obyektlaridan biri haqida - RIA Novosti materialida o‘qing.
Sputnik

TOShKENT, 21 okt — Sputnik, Nikolay Protopopov. Yuzlab metrlarga cho‘ziladigan qoyatoshli tuproq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yadroviy hujumga dosh bera olish xususiyati va raketa qurollariga ega atom suvosti kemalari - AQSh harbiy-dengiz kuchlari Norvegiyada Sovuq Urush davridan qolgan Olavsvern yerosti harbiy-dengiz bazasini qayta jonlantirishni rejalashtirmoqda. Bu yerdan bir nechta Seawolf razvedkachi-submarinalari patrulga chiqib, Shimoliy flot kemalari ortidan kuzatuvni yo‘lga qo‘yadi. NATOning eng himoyalangan obyektlaridan biri haqida - RIA Novosti materialida o‘qing.

Rossiya suvosti kemalari “Bulava” va “Sineva” ballistik raketalarini ishga tushirdi

Qoyadagi shahar

Olavsvern bazasidagi faol harbiy faoliyat 2000-yillarda to‘xtagan, obyekt 2009-yilga kelib batamom muzlatilgan. Ammo amerikaliklar yaqinda bu yerga yana atom suvosti kemalarini olib kelib joylashtirishga qaror qilishdi: G‘arb bayonotlariga ko‘ra, bularning barchasi Rossiyaning Arktikadagi faollashuvi tufaylidir.

Olavsvernga Seawolf sinfidagi submarinalarning barchasi olib kelinadi. Avgust oyida ulardan biri Vashington shtatidagi Bangor harbiy-dengiz bazasidan Norvegiyadagi Troms bazasiga sinov o‘tishni mashq qildi. Amerikaliklar ushbu portdan ASK (atom suvosti kemalari) oraliq turargohlari sifatida foydalanishadi: oziq-ovqat zaxiralarini to‘ldirib, ta’mirlash ishlarini amalga oshiradilar.

Rossiyada atom suvosti kemasi “Poseydon” sinovdan o‘tkazildi - video

Seawolf sinfidagi ASK— AQShning eng maxfiylashtirilgan submarinalaridan biridir. Ular 1980-yillarda raqib tomonidan to‘liq nazoratda bo‘lgan hududlarda harakatlantirish uchun maxsus ishlab chiqarishgan. "Dengiz bo‘rilari" favqulodda past shovqinli va sezilmas. Bortida - kema va qayiqlarga qarshi qurolga ega. Xususan, bitta kema ellikta "Tomagavk" qanotli raketalar yoki "Garpun"larni yoki xuddi shuncha kemalarga qarshi torpedalarni olib yurishi mumkin.

XX asr oxirida amerikaliklar bu singari suvosti kemalardan 30tacha yaratishni rejalashtirgan, ammo — SSSR barham topib, Varshava shartnomasi tashkiloti yo‘q bo‘lgach, bu niyatdan voz kechishgandi.

Natijada AQSh HDK atigi uchta submarinaga ega bo‘ladi.

Tromsdagi "Olavsvern" suvosti kemalari bazasi

Olavsvern harbiy-dengiz bazasini 1960-yillarda qurilgan. Baza Rossiya chegarasidan 350 kilometr narida joylashgan. Ya’ni Shimoliy flot suvosti kemalari patrul marshrutlari yaqinida. Sovuq urush yillarida amerikaliklar va ularning ittifoqdoshlari bazada Shimoliy Muz okeani akvatoriyasi uchun mas’ul bo‘lgan suvosti kuchlarini saqlab kelganlar. NATO submarinalari ekipajlari Shimoliy flotga istalgan vaqtda Norvegiya dengiziga va hatto - Shimoliy Atlantikaga chiqishni yopib qo‘yishga tayyor turishardi.

Harbiy dengiz floti "Shimoliy oqim-2"ni qurayotgan kemalarni o‘z himoyasiga oldi

Ulkan yerosti majmuasi qoyalar ichida o‘yilgan va 300 metr qalinlikka ega tosh aralash tuproq bilan himoyalangan. 25 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda — omborxonalar, qurol zaxiralari saqlanadigan joylar, ta’mirlash ishlari uchun hududlar joy egallagan. Loyihalashtirish ishlari va yer osti yo‘llarini o‘tkazish, shuningdek, obyektni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash uchun 500 million dollardan ortiq mablag‘ sarflangan. Taqqoslash uchun, 1961-yilda safga tushirilgan dunyodagi birinchi atom aviatashuvchisi - USS Enterprise uchun taxminan 450 million dollar sarflangan edi.

Arktika etaklariga yaqinroq

Shimoliy flotning sobiq qo‘mondoni admiral Vacheslav Popovning so‘zlariga ko‘ra, yangilangan Olavsvern bazasi Rossiya uchun NATO tomonidan bo‘layotgan yana bir jiddiy tahdidga aylanadi.

"Seawolf muzlar ostida suzishga mo‘ljallangan, — deydi admiral RIA Novostiga bergan intervyusida. — Amerikaliklar ular joylashuv hududlarini harakat zonalariga yaqinlashtirishga, ya’ni chegaralarimizga va atom muzorarlarimiz tufayli hozirda yetakchilik qilayotgan hududimiz - Arktikaga yanada yaqin kelishga intilishmoqda. Albatta, Shimoliy flot Olavsvernni nazorat qilishiga to‘g‘ri keladi — buning uchun barcha zarur kuch va vositalarga egamiz".

Arktika ustidagi harbiy mudofaa qobig‘i ikki sababga ko‘ra muhimdir - harbiy ekspert

Umuman olganda, ekspertlar ishora qilayotganidek, amerikaliklarni murakkabliklar kutayotgan bo‘lishi mumkin, chunki baza yuridik jihatdan hozirda alohida shaxsga tegishli.

Ikki mingginchi yillar oxirida g‘arb tahlilchilari Rossiya floti NATO uchun endi xavf tug‘dirmaydi, shu bois, Olavsvern juda qimmatga tushmoqda, degan fikrga kelgan edilar. Shundan so‘ng Norvegiya hukumati bazani savdoga qo‘ydi.

2011-yilda Olavsvern bir norvegiyalik tadbirkor tomonidan 4,5 million dollarga sotib olindi. U majmuani ijaraga bergan, shu jumladan, Rossiya kompaniyalariga ham. Bu yerga vaqti-vaqti bilan "Akademik Nemchinov" va "Akademik Shatskiy" ilmiy-tadqiqot kemalari kelib-ketib turishgan. Ushbu bitimdan so‘ng ko‘plab norvegiyalik harbiy qo‘mondonlar mamlakat rahbariyatini qattiq tanqid qilgan edilar. Xususan, vitse-admiral Eynar Skorgen obyekt sotilishini "g‘irt jinnilik", deya baholagan.

"Biz o‘zimizni eng muhim plasdarmdan mahrum qildik va submarinlarni qo‘shimcha yuzlab mil yurishga majbur etdik. Bizning Rossiya bilan Barensev dengizida chegaramiz bir. Harbiy-dengiz flotimiz Arktikadagi dengiz bazasida joylashishi kerakligi o‘z-o‘zidan ayon", - deb aytgan Skorgen.

Arktika xo‘jayinlari

Ikkitalik standartlar

Oradan o‘n yil o‘tib NATOdagilar o‘z xatoliklarini anglab yetishdi. Norvegiyaning NRK telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Pentagonning oliy martabali amaldorlari oxirgi haftalarda Olavsvernga serqatnov bo‘lib qolishgan. Norvegiya Mudofaa vazirligi esa mamlakat qurolli kuchlari, AQSh va NATO bo‘yicha ittifoqdoshlarga bazani yana maqsadga muvofiq ishlatishlariga imkon beruvchi bitimni ma’qullagan.

"Norvegiya rahbariyati, garchi yaqindagina biz bilan Barensev dengizida maydonni chegaralab olish to‘g‘risida bitimni imzolagan bo‘lsa-da, o‘zini Rossiyaga nisbatan nodo‘stona tutmoqda", — deydi flotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha umumrossiya harakati raisi  I rang kapitani Mixail Nenashev.

NATO Belarusga bostirib kirsa, Rossiya qanday harakat qiladi – harbiy ekspert

— Biz bunga yaxshi qo‘shnichilik va mintaqada hamkorlikni rivojlantirish siyosatidan kelib chiqib qadam qo‘ygan edik, bu bilan Norvegiya ham o‘zini shunga munosib tutadi, deya umid qilgandik. Ammo vashington "obkomi"dagi katta birodarlar tufayli Norvegiya, aksincha, Rossiyaga nisbatan Shimoliy Atlantika va Shimoliy Muz okeanida tajovuzkorlik darajasini oshirmoqda.

Ekspert fikriga ko‘ra, bularning barchasiga qaramay, harbiy nuqtayi nazardan Olavsvern shimoliy kengliklarda AQSh va NATO pozitsiyalarini sezilarli kuchaytirmaydi, nega deganda, baza koordinatalari va imkoniyatlari hozirgi kunda hech kim uchun sir emas. Tahdidlar vaqtida uni suvosti qayiqlari, samolyotlar yoki boshqaruvchisiz suvosti apparatlari yordamida minalar bilan tezda bloklash mumkin.

Yerosti labirintlari

Olavsvern yerosti bazasi noyob qurilma emas. Sovuq urush yillarida shunga o‘xshash o‘nlab obyektlar qurilgan. Eng yirik bunker shvedlar tomonidan o‘tgan asrning o‘rtalarida barpo qilingan. Muskyo harbiy-dengiz bazasi marmar qoyatoshdan yo‘nilgan, u Stokgolm arxipelagi janubidagi alohida orolcha misoli. Uchta dok kemalar va suvosti qayiqlarini qabul qilish, kazarmalar, ta’mirlash zavodi, omborxonalar va gospital uchun jihozlangan.

"Rossiyaga signal". AQSh nima uchun Norvegiya qirg‘oqlariga maxfiy suv osti kemasini yubordi

Baza ming nafargacha harbiy xizmatchilarni ommaviy raketa zarbasi yoki hatto yadroviy bombardirovkadan pana qilishi mumkin. Oroldan obyektgacha dengiz tubidan uch kilometrli yer osti yo‘li olib boradi. Ikki mingginchi yillarda baza konservalangan, ammo 2019-yilda Shvetsiya harbiy-dengiz kuchlari u yerga shtab-kvartirasini ko‘chirib olib borishgani haqida xabarlar tarqaldi. U yerda yuzga yaqin harbiy xizmatchilar va "Visbyu" tipidagi beshta korvetlarni joylashtirishmoqchi.

Rossiyaga keladigan bo‘lsak, eng yirik maxfiylikdan chiqarilgan yerosti bazasi Qrimda joylashgan. Balaklav buxtasi yaqinidagi Tavros tog‘ida birdaniga ikkita obyekt yashirilgan: suvosti qayiqlarini pana qilish va ta’mirlash uchun quruq dok hamda torpeda va raketalar atom boyegolovkalari saqlanadigan omborxona.

Yadro urushi yuz bergan taqdirda, yer ostida uch ming kishi uch oy davomida qulayliklar bilan hayot kechira olishi uchun - yoqilg‘i, mahsulotlar va suvlar zaxirasi muntazam yangilanib turadi.

SSSR barham topganidan keyin baza Ukraina ixtiyoriga o‘tgan. Uni boshqa ko‘plab obyektlar singari tashlab qo‘yishgan, talon-taroj qilishgan, rangli metall ovchilari esa uskunalarni tashib ketgan. Ikki mingginchi yillarda Balaklavada muzey tashkil etildi: sayyohlarga ta’mirlash zavodining yer ostidagi qismi, arsenal, qirg‘oq va bir nechta binolar ko‘rsatilgan.

Ekspertlar berayotgan baholarga ko‘ra, zarurat tug‘ilsa, bazani qayta jihozlab, yana safga qaytarish mumkin, ammo u zamonaviy suvosti kemalarini - ularning o‘lchamlari tufayli qabul qila olmaydi.