Senat raisiga o‘rinbosar saylandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalov O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi o‘rinbosari etib saylandi.
Sputnik

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Murat Kamalov O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi o‘rinbosari etib saylandi. Bu haqda Senatning sakkizinchi yalpi majlisida ma’lum bo‘ldi.

Prezident Murat Kamalovni Senat raisi o‘rinbosari lavozimiga saylash to‘g‘risida taqdimnomani kiritgan.

Qonun talablariga muvofiq yashirin ovoz berish orqali 72 ta ovoz  bilan  senator Murat Kamalov O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi o‘rinbosari etib saylandi.

Murat Kamalov 1955-yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotga ega huquqshunos sifatida ko‘p yillar mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Joriy yil sentabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining deputati etib, 2-oktabr kuni Jo‘qorg‘i Kenges raisi etib saylangan.