Rossiyada "korona"ga qarshi 3-vaksina yaratildi - video

Rossiyada M.P.Chumakov nomidagi markazda yaratilgan koronavirusga qarshi uchinchi vaksinani sinovlari boshlandi. Ishlab chiquvchilar dekabr oyida SSV yangi preparatni ro‘yxatdan o‘tkazadi va yil oxiriga qadar ommaviy ishlab chiqarishni boshlaydi.
Sputnik

Avvalroq Novosibirskning "Vektor" ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan vaksina ham davlat ro‘yxatidan o‘tgandi. Shuningdek, dunyodagi birinchi “Sputnik V” vaksinasi bo‘yicha tadqiqotlar yakuniga yetmoqda.

Ayni vaqtda Rossiya preparatini chet elda sinashning uchinchi bosqichi davom etmoqda, vaksinaning xalqaro bozorda muvaffaqiyati uning natijalariga bog‘liq bo‘ladi.