Andijondan 4500 nafar fuqaro Rossiyaga ishga yuboriladi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yangi tashkil etilayotgan migrantlar tayyorlash markazida RUDNning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kolesnikov va Malaka oshirish o‘quv markazi bosh direktori Yu.Nasonov bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Sputnik

TOShKENT, 21 okt - Sputnik. Andijondan 4500 nafar fuqaro Rossiyaga ishga yuboriladi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining qisqa raqami ishga tushdi

Xabarga ko‘ra, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yangi tashkil etilayotgan migrantlar tayyorlash markazida RUDNning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Andrey Kolesnikov va Malaka oshirish o‘quv markazi bosh direktori Yu.Nasonov bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Uchrashuvda ish beruvchilarning bo‘sh ish o‘rinlari haqida talabnomalarini Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon filialiga topshirish xamda kelgusida hamkorlik qilish bo‘yicha tuzilgan yo‘l xaritasi muhokama qilingan.

Xususan, Andijon viloyatidan 4 ming 500 nafar fuqaroni Rossiya Federatsiyasiga qonuniy va tashkillashtirilgan holda ishlash uchun jo‘natish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga qanday kirishi mumkinligi aytildi >>>