TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Qirg‘iziston Oliy sudi prezident vazifasini bajaruvchi Sadir Japarovni 2012-yilda hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish ishi bo‘yicha oqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
“Sadir Japarov sudyalar hay’ati tomonidan jinoyat tarkibi yo‘qligi sabab oqlandi”, - deyilgan xabarda.
Namoyishlardan iste’fogacha: Qirg‘izistonda bo‘lgan voqealar qisqa satrlarda
Shuningdek, Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev ham oqlagan.
2012 yilda Bishkekning markaziy maydonida Kumtor oltin rudasi korxonasi masalasi bo‘yicha miting bo‘lib o‘tgan edi. Namoyishlar parlamentni shtrum qilish va namoyishchilarning huquqni muhofaza qiluvchilar bilan to‘qnashishiga aylanib ketgan. Miting tashkilotchilari orasida Sadir Japarov va Qamchibek Tashiyev bo‘lgan. Keyinchalik ular qo‘lga olingan va hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinishda ayblangan.