Tun davomida aniqlangan COVID-19 bo‘yicha Namangan yana yetakchi bo‘ldi

Tun davomida respublikaning 11 ta hududida yana 130 kishida koronavirus tasdiqlandi. Ikki kishi esa vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 130 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 63 737 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Impotensiya, prostatit va karlik - vrach COVID yangi alomatlari haqida

Yangi kasallanganlarning 20 nafari Namangan viloyatida, 16 nafari Toshkent shahrida, 15 nafari Qashqadaryo viloyatida, 15 nafari Sirdaryo viloyatida, 12 nafari Samarqand viloyatida, 12 nafari Surxondaryo viloyatida, 11 nafari Jizzax viloyatida, 10 nafari Andijon viloyatida, 7 nafari Xorazm viloyatida, 7 nafari Farg‘ona viloyatida, 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 533 kishini tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 60 717 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.