“Tojdor virus”ning zaif joyi aniqlandi

Polsha va AQSh tadqiqotchilari SARS-CoV-2 koronavirusini "blokirovka qilish"ning yangi usulini topdilar.
Sputnik

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Polsha va AQSh tadqiqotchilari koronavirusni "blokirovka qilish"ning yangi usulini topdilar. Bu haqda Science Advances jurnalida maqola chop etildi.

“Sputnik V” vaksinasi qaysi xorijiy davlatlarda ishlab chiqariladi

Olimlar taqdim etgan ma’lumotlarga qaraganda, infeksiyaga qarshi kurash usullaridan biri SARS-CoV-2 PLpro fermentiga ta’sir ko‘rsatdi. Ta’kidlanishicha, u nafaqat virusning replikatsiyasiga yordam beradi, ammo organizmning immunitet reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator oqsillarni bloklaydi.

VIR250 va VIR251 ikkita ingibitori - ushbu fermentga eng samarali ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Ular boshqa oqsillarga ta’sir qilmasdan faqat koronavirus fermentini topishi va bloklashi mumkin.

Ta’kidlanishicha, SARS-CoV-2 PLpro’ning o‘xshash xususiyatlari uni bir qator virusga qarshi preparatlarning nishoniga aylantiradi.

Amerikalik bir guruh olimlar xuddi shunga o‘xshash xulosaga kelishdi. Ular SARS-CoV-1, SARS-CoV-2 va MERS-CoV koronaviruslari bir xil zaiflikka ega ekanligini aniqladilar. Tadqiqotchilar Tom70 fermentiga e’tibor qaratdilar, u ham virusning replikatsiyasiga ta’sir qiladi, ammo Orf9b koronavirus genomi bilan o‘zaro aloqada dorilarga qarshiligini yo‘qotadi.