Rossiyada xay-tek uslubida qurilgan masjid ochildi - foto

Naberejni Chelnida xay-tek uslubida qurilgan, yuqori texnologik me’moriy ko‘rinishga ega bo‘lgan “Chali Yar” nomli masjid ochildi.
Sputnik

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Naberejni Chelnida xay-tek uslubida qurilgan, yuqori texnologik me’moriy ko‘rinishga ega bo‘lgan “Chali Yar” nomli masjid ochildi. Bu haqda RIA Novostiga Tatariston Respublikasi musulmonlari boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Rossiyada xay-tek uslubida qurilgan masjid ochildi - foto

Masjidning ochilish marosimida Tatariston muftiysi Komil Samigullin qatnashdi va u yerda ilk namoz ado etildi.

Rossiyada xay-tek uslubida qurilgan masjid ochildi - foto

"Chali Yar” masjidi jismoniy nuqsonlarga ega bo‘lgan dindorlar uchun ham moslashtirilgan. Masjidning umumiy maydoni 450 kvadrat metrni tashkil qiladi, bir nechta o‘quv xonalari va tadbirlarni o‘tkazish uchun alohida zalni o‘z ichiga oladi", - deyilgan xabarda.

Rossiyada xay-tek uslubida qurilgan masjid ochildi - foto

Masjid binosi 200 kishiga mo‘ljallangan. U Rossiyada zamonaviy uslubda qurilgan ibodatxonalaridan biri hisoblanadi.

"Obyekt nooddiy me’moriy ko‘rinishi bilan ajralib turadi - binoning fasadi va ichki qismini bezashda uslubga mos elementlar mavjud", - deb ta’kidladi diniy idora vakili.