Aripov va Mishustin savdo-iqtisodiy hamkorlikni muhokama qilishdi

Muloqot davomida hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning ikkinchi majlisiga tayyorgarlikning borishi holati ko‘rib chiqilgan
Sputnik

TOShKENT, 20 okt - Sputnik. O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov 20-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar O‘zbekiston Bosh vazirining matbuot xizmati.

O‘zbekiston muvaffaqiyatlari siz bilan bog‘liq – Mishustin Mirziyoyevni tabrikladi

Ta’kidlanishicha, muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik doirasidagi qator masalalar muhokama qilindi. Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashilgan.

Shuningdek, o‘tkazilishi ko‘zda tutilayotgan hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning ikkinchi majlisiga tayyorgarlikning borishi holati ko‘rib chiqildi.

Ikki mamlakat bosh vazirlari boshchiligidagi hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning birinchi majlisi Xorazm viloyatida 2019-yil may oyida o‘tkazilgan.