“Sputnik V” vaksinasi qaysi xorijiy davlatlarda ishlab chiqariladi

Koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini beshta xorijiy davlatda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Sputnik

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini beshta xorijiy davlatda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev ma’lum qildi.

“Joriy yil dekabrida katta hajmlarda yetkazib bera olishimizni tasdiqlaymiz. Vaksinani Hindiston, Braziliya, Koreya, Xitoy va yana bir mamlakatda ishlab chiqaramiz”, - dedi u. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Rossiyada koronavirusga qarshi ikkinchi vaksina ro‘yxatga olindi

Dmitriyev mahalliy tartibga soluvchilar Rossiya vaksinasini qanchalik tez ma’qullashi borasidagi masala borligini ta’kidladi. Qolaversa, tartibga soluvlar vaksina sinovlari o‘tkazilayotgan mamlakatlar ma’lumotlaridan foydalanishlari muhimdir.

Shuningdek, Dmitriyev Argentina va Peru bilan “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim imzolanganini ma’lum qildi.

“Dekabrdayoq Lotin Amerikasiga yetkazib berishni boshlay olamiz deb hisoblaymiz”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini avgust oyida ro‘yxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. Vaksinaning ro‘yxatdan o‘tkazilgan keyingi sinovlari Rossiyadan tashqari Belarus, Venesuela va BAAda o‘tkazilmoqda.