O‘zbekiston Qahramoni G‘ayratdin Xo‘janiyozov vafot etdi

Xo‘janiyozovning ilmiy mehnat faoliyati davlat tomonidan munosib baholangan. 2003-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan bo‘lsa, 2008-yili “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekiston Qahramoni, tarix fanlari nomzodi, professor G‘ayratdin Xo‘janiyazov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

G‘ayratdin Xo‘janiyozov 1948-yili Qorao‘zak tumanida tug‘ilgan. 1972-yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston filialining N.Davqorayev nomidagi Tarix, til va adabiyot institutining arxeologiya bo‘limiga ishga kirgan. Keyinchalik Moskva davlat universitetida, Moskvadagi Fanlar akademiyasining Arxeologiya institutida tajriba orttirgan.

Akademik Shavkat Akmalxonov vafot etdi

1994 yildan boshlab FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi tasarrufida yangi ochilgan Tarix, arxeologiya va etnografiya institutining arxeologiya bo‘limi dastlab ilmiy xodim, so‘ngra bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. U shu kunga qadar FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining arxeologiya bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Arxeolog Qoraqalpog‘istondagi ko‘plab tarixiy hududlardagi arxeologik yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan va ekspeditsiyalarga rahbarlik qilgan.

Uning ilmiy mehnat faoliyati davlat tomonidan munosib baholangan. 2003-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan bo‘lsa, 2008-yili “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘lgan, 2014-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashiga deputat, 2015-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Senati a’zosi etib saylangan.