Prezident jurnalist Bobomurod Abdullayevga uy sovg‘a qildi

Bir vaqtlar davlat to‘ntarishga urinishda ayblangan jurnalistga prezident Toshkentdan 3-xonali uy sovg‘a qildi.
Sputnik

TOShKENT, 19 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev jurnalist Bobomurod Abdullayevga uy sovg‘a qildi. Bu haqida jurnalist o‘z sahifasida xabar qildi. 

"Shu yil 8-sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev menga Toshkentdagi "Grin Park" turar joy majmuasidan yangi uch xonali kvartirani ichidagi barcha jihoz va maishiy texnikasi bilan birga hadya qildilar", - deb yozgan jurnalist

Eslatib o‘tamiz, 2017yilda Bobomurod Abdullayev va yana 3kishi O‘zbekiston JKning 159 moddasining 4-bandiga ko‘ra (Davlat to‘ntarishga urinish) aybdor deb topilgan edi. Bir necha oy davom etgan tergovdan so‘ng sud Hamdamovni ozodlikka chiqargan edi.