Masofadan turib ishlab eng katta maosh oladiganlar aniqlandi

Rossiyada masofadan turib ishlab eng katta maosh oladigan kasblar aniqlandi - aksariyati kompyuter dasturchilari va shunga yaqin sohalar.
Sputnik

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Rossiya mehnat bozorida masofadan turib ishlab, eng katta maosh oladigan kasblar sanab o‘tildi, RIA Novosti xabariga asosan.  

Rabota.ru portali ma’lumotiga ko‘ra, eng yuqori maosh 1S dasturchi-tahlilchisiga – 270 ming rubl (3500 $) taklif qilinmoqda. Nomzoddan kamida 4-yillik tajriba hamda 1S konfiguratsiyalaridan birini mukammal bilish va ma’lumotlar bazasi bilan ishlash ko‘nikmalari talab qilinadi.

Ikkinchi o‘rinda, 200 ming rubl (2500$) maosh bilan Tashqi iqtisodiy-aloqalar menedjeri qidirilmoqda. Undan xorijdan wending avtomatlar sotib olish, ularni Rossiya hududiga olib kelish sxemasini tashkil qilish talab qilinadi. Nomzoddan 5-yillik tajriba va xorijiy tillarni bilish va muzokaralar olib borish tajribasi talab etiladi.

Rossiyada eng yuqori maosh to‘lanadigan ish o‘rinlari ma’lum qilindi

Sberavto backend-dasturchisiga – 180 ming rubl (2300$) taklif qilinmoqda. Undan dastur ishlab chiqish, Golang dasturlash tilini bilish hamda Docker va Kubernetes dasturlaridan foydalanish tajribasi talab qilinadi.

Yuqori malakali Html-dasturchiga – 140 ming rubl taklif qilinmoqda. Undan 3-yillik tajriba, HTML5 va CSS3 tillarini bilish talab etiladi.

Shuningdek masofadan turib ishlash imkoniyati UX/UI veb dizayn kurslari o‘qituvchilariga ham taklif qilinmoqda. Ushbu sohada 3-yildan ortiq tajribasi bo‘lgan nomzodlarga 100 mingdan ortiq maosh taklif qilinmoqda.