Ertadan dollar ko‘tariladi, yevro esa pasayadi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 7,28 so‘mga ko‘tarildi.
Sputnik

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 20-oktabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 7,28 so‘mga ko‘tarilib, 10 371,76 so‘m tashkil qildi.

Yevro esa 101,33 so‘mga pasaydi va 12 153,63 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli ham 1,84 so‘mga pasayib, 133,19 co‘mni tashkil qildi.