Arslonlar galasi zebraga hujum qilishi videoga olindi

Janubiy Afrika Respublikasida joylashgan Kruger milliy parkida arslonlar galasi zebraga hujum qilishi videoga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Janubiy Afrika Respublikasida joylashgan Kruger milliy parkida arslonlar galasi zebra ovlashi videoga olindi.

Videoda arslonlar yosh zebrani pistirmaga haydashi, hujum qilishi tasvirlangan. Zebra olti bosh yirtqichga qarshi tura olmadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlovchilar fikriga ko‘ra, bu videoda yirtqichlar umumiy maqsadga erishish uchun o‘zaro qanday harakat qilishini ko‘rsatadi.