TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Poytaxtning “Navro‘z” istirohat bog‘ida ilk bor o‘tkazilayotgan 10 metrlik kabob festivali boshlandi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.
Festival Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Soat 12: 00da oshpazlar kabobni tayyorlab, uning 10 metrlik rekord uzunligi o‘lchash uchun panjara ustiga qo‘yishi kutilmoqda.
10 metrlik rekord kabob sayli pandemiya sharoitida barcha karatnin qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazilmoqda. Ushbu kabobni tayyorlashga 38 kg go‘sht ketishi aytilmoqda.
“Dunyo rekordi 235 metr ekan, biz izlanib ko‘rdik. Bu respublikaning shaxsiy rekordi 10 metrlik kabob bo‘ladi. Nasib qilsa, bu tajriba amalga oshsa keyinchalik 20-30 metrlik rekordini amalga oshirish niyatimiz bor”, - dedi “Navro‘z” bog‘i Ommaviy tomoshalar va tadbirlar tashkilotchisi Shuhrat Xalilov.