COVID-19: O‘zbekistonda qurbonlar soni 525 nafarga yetdi

O‘tgan tun davomida yana 129 kishida koronavirus aniqlandi, bir kishi esa vafot etdi. Jami qurbonlar soni 525 nafarni tashkil etmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 129 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 63 124 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 29 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Toshkent viloyatida, 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 9 nafari Andijon viloyatida, 19 nafari Jizzax viloyatida, 14 nafari Namangan viloyatida, 10 nafari Sirdaryo viloyatida, 11 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 525 nafarni tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 60 080 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2 519 nafar bemor davolanmoqda.