Toshkentdagi bozorlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in bir necha daqiqada o‘chirilgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bozor hududida yig‘ilgan chiqindilar yonib ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 17 okt - Sputnik. Yashnobod tumanida joylashgan "Yangiobod" bozorida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

"16 oktabr kuni soat 22:55 da Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Yashnobod tumanida joylashgan "Yangiobod" bozori hududida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib borib, yong‘inni o‘chirishga kirishgan", - deyiladi xabarda.

Yong‘in bir necha daqiqada o‘chirilgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bozor hududida yig‘ilgan chiqindilar yonib ketgan.