Bentley, Ferrari, Lamborghini: lyuks avtomobillar svalkasi - video

Minglab lyuks klassdagi avtomobillar va superkarlar Dubay yaqinidagi sahroda hech kimga keraksiz holatda yotibdi. Mashinalar nega svalkaga keltirib tashlangani haqida video sujetda tomosha qiling.
Sputnik

Bu avtomobillar kimlar uchundir - axlat bo‘lsa, yana birovlar uchun - haqiqiy xazina. Dubay yaqinidagi Shardja svalkasida lyuks toifasida minglab hashamatli avtomobillar to‘plangan: bu yerda Bentleydan tortib, Ferrari, Rolls Royce, Maseratilarni uchratish mumkin. Maydonda hatto qimmatbaho sedanlar sanalmish Mercedes va BMW yoki hatto Tesla elektromobillariga ko‘zingiz tushadi.

Mashinalardan biri bu yerga avariyadan so‘ng keltirib tashlangan, sababi oddiy, boy sohiblari ularni tuzatishni istamaganida. Boshqa avtomobillar esa o‘z egalari moliyaviy muammolar tufayli Amirliklarni tark etishganidan so‘ng bu yerga keltirilgan.

Kelajak transporti balkim shunday bo‘lar?

"Ayrim avtomobillar bu yerga dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan, ayrimlari - bank bilan bog‘liq muammolar, xususan, kreditlar tufayli", - deya hikoya qiladi svalkada ishlaydigan xodimlardan biri.

Garchi jazirama va chang tufayli avtomobillar zavoddan chiqqan vaqtidagi hashamatli ko‘rinishni ma’lum ma’noda yo‘qotsalarda, ammo xaridorlar baribir topilmoqda. Lyuks toifadagi avtomobilni kimoshdi savdosida eng yuqori narxni taklif etgan holda xarid qilish mumkin. Amerikaning Copart kompaniyasi, Bahraynning o‘zida uch mingga yaqin jabrlangan avtomobillarni sotishni rejalashtirgan.