TOShKENT, 16 okt - Sputnik. Bugun Samarqand shahrida "Ipak yo‘li" xalqaro turizm universitetining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etdi.
Eniversitet O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 28-iyundagi qarori bilan tashkil etilgan vaMarkaziy Osiyoda turizm sohasidagi birinchi universitet hisoblanadi.