Romashkin: turizm biznesi 2023-yildan oldin jonlanmaydi

Butunjahon turizm tashkiloti dam olish sohasi bozori 80%ga qulashini prognoz qilmoqda. "Delfin" turoperatori bosh direktori Sergey Romashkin inqiroz bosh sabablari nimadaligi va qachon holat barqarorlashi mumkinligi haqida gapirdi.
Sputnik

Koronavirus ko‘plab sohalarni inqirozga uchratdi, ayniqsa, turizm sohasini. Muammo moliyaviy imkoniyatlarda emas, balki butun dunyo bo‘yicha odamlarning ruhiy holatidadir, deya ta’kidladi ekspert Sputnik Litvaga bergan intervyusida.

O‘zbekiston ichki turizmni yanada rivojlantiradi

"Chet ellik mehmonlarga bo‘lgan va odamlarning o‘zaro munosabatlarida ham ehtiyotkorlik singari psixologik omillar hali uzoq vaqtgacha o‘zini namoyon etadi. Mana, kinoteatrlar va restoranlar ochildi, ammo avvalgidek odam to‘play olishmayapti. Gap odamlarning pulni tejay boshlaganlarida emas, balki, jamoat joylari borish uchun xavfsiz deya qabul qilinmayotganida. Fikrimcha, barchamizga tinchlanib olishimiz uchun vaqt darkor, ammo, hozir ikkinchi to‘lqin haqida gapirilayotgan bir vaqtda qanday hotirjam bo‘lish mumkin? Ya’ni biz hozircha bu psixologik inqirozdan chiqib keta olganimiz yo‘q - biz uning qurshovidamiz", – dedi Romashkin.

Ekspert bahosiga ko‘ra, turizm sohasi tiklanishi uchun uzoq vaqt kerak bo‘ladi. Inqirozgacha bo‘lgan ko‘rsatkichlarga 2022-2023 yillardan oldin qaytmaydi. Bu vaqtga qadar holat sekin-asta o‘nglanib boradi. 2020-yil yakuniga ko‘ra ekspertlar prognoziga qaraganda qulash ikki 80%ni tashkil qilsa, 2021-yilda holat yaxshilanishi va inqirozgacha bo‘lgan davrning uchdan bir ko‘rsatkichini tashkil etishi mumkin.