O‘zbekistonda sarimsoqpiyoz usulida sabzavot yetishtirish ko‘paytiriladi

Sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot yetishtirish ko‘paytiriladi. Prezident qarori qabul qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot yetishtirish ko‘paytiriladi.

Bozorlarda tuxum, piyoz va “Lazer” guruchi qimmatlashdi

“Sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasiga (Uyushma) har yili 1-iyunga qadar avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligiga takliflar kiritish huquqi berildi.

Avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlari Uyushma taklifiga muvofiq paxta va g‘alla maydonlaridan qisqartirilgan, foydalanishga kiritiladigan, zaxiradagi yerlar, shuningdek, takroriy ekin sifatida g‘alladan bo‘shaydigan va boshqa yer maydonlariga joylashtiriladi.

Qaror bilan 2021-2022 yillar hosili uchun avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini turlari bo‘yicha yetishtirish hajmlari tasdiqlandi.

Shunga ko‘ra, belgilangan yillarda respublika bo‘yicha quyidagi hajmda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlari yetishtirish nazarda tutilgan:

- fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalarida:

▪ 2021-yilda 1 728 553 tonna;

▪ 2022-yilda 1 846 924 tonna.

- dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqa maydonlarida:

▪2021 yilda jami 2 286 732 tonna;

▪ 2022-yilda 2 413 855 tonna.