O‘tgan tun davomida O‘zbekistonning deyarli barcha hududida koronavirus aniqlandi

O‘tgan tun davomida 12 ta hududda 120 kishida koronavirus aniqlandi. Yana ikki kishi vafot etdi. Jami qurbonlar soni 516 nafarga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida 12 ta hududda 120 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 62 175 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning:

  • 21 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 15 nafari Namangan viloyatida,
  • 13 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 12 nafari Andijon viloyatida,
  • 11 nafari Toshkent shahrida,
  • 11 nafari Toshkent viloyatida,
  • 9 nafari Samarqand viloyatida,
  • 7 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 6 nafari Xorazm viloyatida,
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlari soni 516 nafarni tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 59 095 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2 564 nafar bemor davolanmoqda.