Qirg‘iziston prezidenti iste’foga chiqishga qaror qildi, chunki hamtto hukumat rahbari o‘zgargandan keyin ham mamlakatda norozilik namoyishlari to‘xtamayapti.
Shu kunga qadar Sooronbay Jeenbekov iste’fosini talab qilib kelayotgan namoyishchilar, Jeenbekovning iste’foga chiqish haqidagi bayonotidan so‘ng yangi talabni ilgari surishdi. Unga ko‘ra, endilikda prezident ortidan mamlakat parlamenti ham iste’fo berishi lozim.