Toshkent viloyatidan Samarqandga yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Angren – Olmaliq – Samarqand yo‘nalishidagi ilk avtobus soat 9:00 da Angren avtostansiyasidan harakatlanishni boshladi.
Sputnik

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Bugun, 15-oktabr kunidan Angren – Olmaliq – Samarqand yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Angren – Olmaliq – Samarqand yo‘nalishidagi ilk avtobus soat 9:00 da Angren  avtostansiyasidan harakatlanishni boshladi. Soat 10:00 da esa avtobus Olmaliq avtostansiyasidan Samarqand shahri tomon yo‘lga chiqdi. Qatnov Bekobod shahri orqali amalga oshiriladi.

Angrendan Samarqandgacha yo‘lkira narxi 50 000 so‘m etib belgilangan. Olmaliqdan Samarqadgacha esa 45 000 so‘m.