Prezident bilan birga keting! Qirg‘izistonda parlament iste’fosini talab qilishmoqda

Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri Sadir Japarov tarafdorlari mamlakat parlamenti iste’fosini talab qilishdi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston agentligi.
Sputnik

TOShKENT, 15 okt - Sputnik. Shu kunga qadar Sooronbay Jeenbekov iste’fosini talab qilib kelayotgan namoyishchilar, Jeenbekovning iste’foga chiqish haqidagi bayonotidan so‘ng yangi talabni ilgari surishdi. Unga ko‘ra, endilikda prezident ortidan mamlakat parlamenti ham iste’fo berishi lozim.

Abdulla Aripov Qirg‘izistonning yangi bosh vaziriga tabrik yo‘lladi

Sputnik Qirg‘iziston xabari asosida.

Payshanba kuni Bishkekdagi Issiq-Ko‘l mehmonxonasi oldida olomon miting o‘tkazdi. Mahalliy OAVlar xabariga ko‘ra, namoyish qatnashchilari mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekovning iste’fosi haqidagi bayonotini katta xursandchilik bilan qarshi olishgan.

Shundan so‘ng, miting ishtirokchilari Qirg‘iziston parlamentining tarqatilishi talabini ilgari surdilar.

Qirg‘izistondagi parlament saylovlaridan so‘ng avj olgan tartibsizliklar

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi parlament saylovlaridan so‘ng vaziyat keskinlashgan edi. Saylovlarda hukumat tomonidan bo‘lgan partiyalar o‘z ma’muriy resurslaridan keng foydalangani va boshqa partiyalarning parlamentga kirishiga to‘sqinlik qilgani ma’lum bo‘lgan.

Atambayev Qirg‘iziston prezidentini iste’foga chiqishga chaqirdi

Shundan so‘ng muxolifat partiyalari norozilik namoyishlari o‘tkazish uchun ko‘chalarga chiqishgan. Dushanba kuni kechqurun ular parlament binosini va prezident ma’muriyatini egallab olishgan. Shundan so‘ng namoyishchilar Davlat xavfsizlik qo‘mitasidan sobiq prezident Atambayev va yana bir necha kishini ozod qilishgan. Qirg‘iziston MSQ bo‘lib o‘tgan saylovlar natijalarini bekor qilgan. 

O‘ninchi oktabr kuni Qirg‘izistonda hukumatning yangi tarkibi tasdiqlandi, mamlakatning yangi bosh vaziri Sadir Japarov bo‘ldi.

Sal keyin, shanba kuni, Qirg‘iziston milliy xavfsizligi davlat qo‘mitasi matbuot-xizmati mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev spesnaz tomonidan qo‘lga olingani haqida xabar qildi.

O‘n uchinchi oktabr kuni Bishkekda favqulodda holat rejimi 19-oktabrga qadar uzaytirildi.

O‘n to‘rtinchi oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti bosh vazir Sadir Japarov boshchiligida vazirlar mahkamasi tuzilmasi va dasturini tasdiqladi.

Bugun Qirg‘iziston prezidenti Jeenbekov iste’foga chiqqani haqida xabar bergan edik.