TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Minsk shahrida boks bo‘yicha V.V.Botvinnik xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘tkazilmoqda.
Bugun musobaqa doirasida yarim final bellashuvlari davom etmoqda.
Hozircha kunduzgi janglarda to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi. O‘zbekistonlik bokschilarining biri finalga yo‘l oldi, uch nafari bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
-49 kg: Ibrohim Ishjanov - Vladislav Smolovski (Belarus) 1:4
-49 kg: Avazjon Yo‘ldoshev - Robert Badalian (Rossiya) 4:1
-64 kg: Umid Qadamboyev - Aleksandr Ziranov (Rossiya) 0:5
-75 kg: Nurislom Ismoilov - Mixail Usov (Rossiya) 2:3
Kechki dastur janglarida yana ikki nafar respublika bokschilari ringga ko‘tariladi. Unda Fayzullo Xudoyberdiyev (-52 kg) rossiyalik Yevgeniy Jorovga qarshi jang qilsa, Sirojiddin Xojakmetov (-69 kg) rossiyalik Dmitriy Zaxarovga qarshi bahs olib boradi.