Kelajak transporti balkim shunday bo‘lar?

Bir kishilik velomobil Canyon - akkumulyator yordamida 60 km/soatgacha tezlashishi va 150 km masofani bosib o‘tishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Germaniyada velosiped ishlab chiqaruvchi kompaniya Canyon  kelajak transporti konseptini taklif qildi.

Future Mobility Concept nomli velomobil tashqi tomondan avtomobilga o‘xshaydi. Uning 4 g‘ildiragi va usti yopiq kuzovi bor. Kengligi 83 sm, uzunligi 2 metr bo‘lgan bir kishilik elektrovelosiped bo‘lib u akkumulyator yordamida 60km/soatgacha va peddallar yordamida  25 km/soatgacha tezlikda harakatlanishi mumkin.

Kelajak transporti balkim shunday bo‘lar?

Ishlab chiqaruvchi xulosasiga ko‘ra, bunday transport haydovchini har qanday yomon havodan himoya qiladi va shu bilan birga velosipedga nisbatan ancha ko‘p yuk ortish mumkin. Asosiysi esa – u har qanday avtomobilga qarganda ekologik toza va kerak bo‘lganda piyodalar yo‘lagidan ham harakatlanishi mumkin.

Kelajak transporti balkim shunday bo‘lar?

Haydovchining orqasiga 11 yoshgacha bo‘lgan bola minishi yoki yuk ortish mumkin. Avtomobil yo‘llarida ushbu transport 60 km/soat tezlik bilan, piyodalar yo‘lagidan 25 km/soat tezlikda harakatlanishi mumkin. To‘liq quvvatlanganidan so‘ng Canyon 150 km masofani bosib o‘tishi mumkin.

Kelajak transporti balkim shunday bo‘lar?

Hozircha ushbu avtomobilning yagona nusxada qurilgan prototipi va Germaniyadagi namoyishlar zalida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Ma’lumot uchun bu kelajak transporti sifatida taklif etilayotgan birinchi velomobil emas. Biroz oldin Kanadada ham shunga o‘xshash transport vositatsi taqdim etilgan edi.