Abdulla Aripov Qirg‘izistonning yangi bosh vaziriga tabrik yo‘lladi

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarov nomzodini kuni kecha bir ovozdan bosh vazir lavozimiga tasdiqlagan edi
Sputnik

TOShKENT, 15 okt - Sputnik. O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Sadir Japarov nomiga Qirg‘iziston Bosh vaziri etib tayinlangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot xizmati xabar bergan.

Tabrik maktubida Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Sadir Japarovga o‘zaro manfaatli hamkorlikni barcha yo‘nalishlarda kengaytirishiga, shuningdek, mamlakatlar va xalqlar manfaati uchun strategik sheriklikni yanada mustahkamlashiga umid bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarov nomzodini kuni kecha bir ovozdan bosh vazir lavozimiga tasdiqlagan edi.