TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘zbekiston Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi Toshkentda turli modeldagi “Ural” avtomobillarini yig‘ishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlanishicha, qo‘shinlarning yuqori talablariga javob beradigan harbiy texnikalaridan biri bu “Ural” avtomobilidir.
“Ushbu tahlillarga asoslanib “MS RemTex” MChJ bazasida turli modeldagi “Ural” avtomobillarini yig‘ish rejalashtirilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur loyiha harbiy va ikki maqsadda foydalaniladigan yuk avtomobillarini mamlakatda ishlab chiqarishni yanada diversifikatsiya qilish va sog‘lom raqobat muhitini yaratishiga xizmat qiladi.