Tramp tarafdorlar oldida raqsga tushdi - video

AQSh prezidenti Donald Tramp Pensilvaniyada o‘z tarafdorlari oldida raqsga tushdi. Ayni vaqtda video qizg‘in muhokama qilinmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp tarafdorlar oldida qisqa raqs ijro etdi.

Foydalanuvchi Brendon Darbi Twitter'ga videoni joylashtirdi.

Lavhada Amerika yetakchisi sahnada bir maromda raqsga tushishi va oxirida qarsak chalgani aks etgan.

"Zavqlaning" - deb yozgan video muallifi.

@mermaidgirl10 nikli foydalanuvchi "Agar Siz biz uchun raqsga tushsangiz, biz borib sizga ovoz beramiz", deb yozgan.

Biroq, ayrim foydalanuvchilarga raqs yoqmadi.

“O‘ta ikkiyuzlamachilik”, - degan izoh qoldirgan @nspix22 nikli foydalanuvchi.