O‘zbekistonda koronavirus: 14-oktabr asosiy xabarlari

Sutka davomida 212 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 61 950 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Rossiyada koronavirusga qarshi ikkinchi vaksina ro‘yxatga olindi

Bir sutka davomida 212 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 61 319  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlari - 85 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 188 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 58 951 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.

Ayni paytda 2 485 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 514 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Elektron chipta

Rossiyadan O‘zbekistonga tashkil etilayotgan maxsus poyezdlarga elektron chiptalar ham sotilmoqda

Rossiya qolib ketgan fuqarolarni olib kelish maqsadida maxsus poyezdlar qatnovi tashkil etib kelinmoqda. Chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan maxsus poyezd qatnovlari uchun chiptalarni elektron sotuvi yo‘lga qo‘yildi. 

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 38,4 milliondan oshdi, 1 million 90 mingdan ortiq  kishi vafot etdi, 28,9 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (8,1 mln), Hindistonda (7,2 mln), Braziliyada (5,1 mln).