TOShKENT, 13 okt — Sputnik. 15-oktabrdan Toshkentda isitish mavsumi boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasida 2020-2021 yillardagi isitish mavsumini boshlash masalasi deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.
Toshkentda issiqlik ta’minotiga haq to‘lash tartibi o‘zgartiriladi
Kengash qaroriga ko‘ra, 15-oktabrdan Toshkent shahridagi ijtimoiy obyektlarga, 17-oktabrdan ko‘p qavatli xonadonlarga issiqlik ta’minoti yetkazib beriladi.