Kelasi yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari – farmon loyihasi

“2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni tayyorlandi.
Sputnik

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Sukuk qimmatli qog‘ozlari: prezident qarori tayyorlandi

Unga ko‘ra, 2021-yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanadi: 2-sentabr-payshanba; 3-sentabr - juma.

2021 yilda dam olish kuni 27-mart-shanba 22-mart-dushanba kuniga ko‘chirish rejalashtirilgan.

2021 yil 2-yanvar-shanba, 4-sentabr - shanba va 22-mart-dushanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kuni hisoblanadi.

Hujjatda yozilishicha, budjet tashkilotlarida qo‘shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ikki ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi.

Har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga ushbu Farmonda belgilangan qo‘shimcha dam olish kuni qo‘shiladi.

Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.