TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Texas shtatidagi (AQSh) Sidar-Park shahrida istiqomat qiluvchi o‘smir qiz Mari Karrin ikkita jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar qildi CNN telekanali.
17 yoshli Karrinning oyoqlari dunyoda ayollar va o‘smirlar orasida eng uzun ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Maki oyoqlarining uzunligi deyarli 135 santimetrga teng bo‘lib, tana uzunligining 60 foizini tashkil qiladi. Qizning bo‘yi 1 metr 98 santimetr.
Maki Instagram’da akkaunt ochgan, ayni vaqtda 50 mingdan ortiq obunachiga ega. Qiz o‘tgan yilning dekabr oyida birinchi suratini tarmoqqa joylashtirgandi.
Bundan avval Sputnik O‘zbekiston bo‘yi 206 santimetr bo‘lgan mo‘g‘ulistonlik 29 yoshli Rentsenxorloo Ren Bad haqida yozgandi.