Tojikistonda prezident saylovlari natijalari e’lon qilindi

Emomali Rahmon navbatdagi prezident saylovlarida g‘olib bo‘ldi. Unga saylovchilarning 90,92 foizi ovoz berdi.
Sputnik

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Tojikistonda prezident saylovlarida amaldagi prezident Emomali Rahmon g‘olib bo‘ldi. Unga saylovchilarning 90,92 foizi ovoz berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Saylovda saylovchilarning 85,39 foizi ishtirok etgan.

Tojikistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarining dastlabki natijalari quyidagicha:

90,92% - Emomali Rahmon

3,3% - Rustam Latifzoda

2,15% - Rustam Rahmatzoda

1,7% - Miroj Abdulloyev

1,49% - Abduhalim G‘afforov.

Eslatib o‘tamiz, 11-oktabr kuni, mustaqil Tojikiston tarixida oltinchi prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Bu yil mamlakat prezidenti lavozimiga 5 nafar nomzod da’vogarlik qildi: Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi va respublika Yoshlar ittifoqi, Xalq demokratik partiyasidan Emomali Rahmon, Agrar partiyasidan Rustam Latifzoda, Sotsialistik partiyasidan Abduhalim G‘afforov, Tojikiston Iqtisodiy islohotlar partiyasidan Rustam Rahmatzoda va Kommunistik partiyadan Miroj Abdulloyev.