Qora murch “Tojdor virus” faolligini susaytiradi – hind olimlari

Qora murch tarkibida bo‘lgan "piperin" moddasi - SARS-CoV-2 koronavirusning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Qora murch tarkibida bo‘lgan piperin moddasi - SARS-CoV-2ning ko‘payishi va inson organizmiga kirib borishga javob beradigan qismlarining faolligiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bunday xulosaga Hindiston Texnologiya Instituti olimlari kelishdi.

Erta qarish: Turkiyada "zararli" mahsulotlar ro‘yxati tuzildi

Tadqiqotchilar 30 ta ziravorning virus bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganishdi va kompyuter modellashtirish yordamida ularning hammasi u yoki bu darajada protein S bilan (virusning xujayra retseptorlari bilan birikishiga yordam beradi) va asosiy proteaz (virusning ko‘payishi uchun javob beradi) bilan bog‘lanishini aniqladilar, ammo eng faoli piperin. Bu modda qora murchda uchraydi va uning o‘tkir ta’mi va xushbo‘yligiga javob beradi.

"Izvestiya" nashri xabar berishicha, rossiyalik olimlar bu mexanizm nafaqat kompyuter modelida, balki real hayotda ham ishlashi mumkinligini ta’kidlamoqda. Buning uchun tajribalar o‘tkazish kerak bo‘ladi. Mutaxassislar “qora murch immunitetni ko‘taradi, shamollash va virusga qarshi vosita bo‘la oladi”, deb ta’kidladi.

"Ko‘p jihatdan murch tarkibidagi birikmalarning virusli zarralar va bakteriyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ta’siri bilan emas, balki organizmning himoya xususiyatlarining kuchayishi bilan bog‘liq", - deydi Lobachevskiy universiteti Biologiya va biomeditsina instituti direktori Mariya Vedunova.

Olimlar oshqozon-ichak trakti, gipertoniya va allergiya bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan bemorlarga bu ziravorni tavsiya qilmaydi.