Meyoridan yuqori: O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi

O‘tgan haftada O‘zbekiston aholisi mintaqaga Ural hududidan kirgan sovuq oqim ta’sirini his qildilar. Mamlakat hududining katta qismida harorat iqlimiy meyorlardan 4-7 darajaga past bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zgidromet haftalik ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

Xabarda yozilishicha, bugun sovuq havo respublika hududidan chekina boshladi. Harorat kunduzi 19-22 darajagacha ko‘tarilsada, bu hali hamon meyordan 2-3 darajaga pastdir.

Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududiga xorijiy janubdan quruq va issiq havo oqimi kirishni boshlaydi.

Butun respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Harorat  ko‘tarilib borib, kechasi 7-10 daraja, kunduzi 22-25 daraja issiq bo‘ladi, bu iqlimiy meyorlardan 2-4 darajaga yuqoridir.