Koronavirusning smartfon ekranlari va kupuralardagi yashash muddati aytildi

Avstraliyalik olimlar koronavirus smartfon, pul kupuralari va metall tutqichlar yuzasida bir oygacha qolishi mumkinligi haqidagi xulosaga kelishdi.
Sputnik

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Koronavirus infeksiyasi smartfon, pul kupuralari va metall tutqichlar yuzasida bir oygacha qolishi mumkin. Avstraliyalik olimlarning tadqiqot natijalari “Virology Journal” jurnalida chop qilindi.

Koronavirusning yangi belgilari aytildi

Qayd etilishicha, telefon ekranlari eng ko‘p xavf tug‘dirar ekan, chunki odamlar qo‘ldan farqli o‘laroq ularni muntazam dezinfeksiya qilishni unutib qo‘yishadi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, koronavirus silliq yuzalarda, jumladan, telefonlarda, xona haroratida 28 kun yashashi mumkin.

Ta’kidlanishicha, g‘ovak bo‘lmagan sathlar eng xavfli sanaladi, masalan, smartfon ekranlaridagi oynalar, qog‘oz va polimer kupuralar, zanglamaydigan po‘lat buyumlari.

Ular sathida SARS-CoV-2  20°S haroratda bir oygacha yashashi mumkin, 30°S dan yuqori haroratda esa uch haftagacha yashashi mumkin. 40°S haroratda esa virus atigi bir necha kun tirik qolishi mumkin.