Ertadan dollar yana ko‘tariladi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 24,80 so‘mga ko‘tarildi.
Sputnik

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 13-oktabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 24,80 so‘mga ko‘tarilib, 10 364,48 so‘m tashkil qildi.

Yevro ham 144,09 so‘mga oshdi va 12 254,96 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 2,76 so‘mga yuqoriladi va 135,03 co‘mni tashkil qildi.