Atambayev Qirg‘iziston prezidentini iste’foga chiqishga chaqirdi

Almazbek Atambayev Qirg‘iziston amaldagi prezidenti Sooronbay Jeenbekovni zudlik bilan iste’foga chiqishga chaqirdi.
Sputnik

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev respublikaning amaldagi rahbari Sooronbay Jeenbekovni zudlik bilan iste’foga chiqishga chaqirdi.

"Sooronbay Jeenbekov Sadir Japarovga (bosh vazirga - tahr.) va’da qilganidek zudlik bilan iste’fo berishi kerak. Va barchamiz bunga erishishimiz kerak. Aks holda, tez orada kech bo‘ladi",  - deb yozgan Atambayev.

Dushanba kuni advokatlar sobiq prezident bayonotini tarqatishdi.

Atambayevning so‘zlariga ko‘ra, 5-oktabrda yuz bergan tartibsizliklar ortidan "muxolifat lagerida kelishmovchilik, yetakchilar bir-biri bilan janjal qilganida, ular asosiy narsani qo‘ldan chiqarib yuborishdi... - Sooronbay klan yordamida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlay boshladi".

6 oktabrga o‘tar kechasi Bishkekdagi voqealar vaqtida Atambayev DMXX SIZOsidan ozod qilingan edi. Atambayev kriminal avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod qilinishi ishi bo‘yicha sud qilingan, hamda Qo‘y-Toshdagi voqealar ishi figuranti hisoblanadi.

10 oktabr kuni Bishkekda ommaviy tartibsizliklar tashkillashtirish jinoyat ishi doirasida Almazbek Atambayev qo‘lga olindi.